Real va Benfika o'yiniga Slavko Vinchich hakamlik qiladi

Real va Benfika o'yiniga Slavko Vinchich hakamlik qiladi

Bu hafta Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida Madridning «Real» jamoasi va Lissabonning «Benfika» klubi o'rtasidagi javob uchrashuvi bo'lib o'tadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

UEFA matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, bahsning bosh hakami sifatida sloveniyalik Slavko Vinchich tayinlandi. Uchrashuv Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida 25-yanvar, chorshanba kuni bo'lib o'tadi va 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Eslatib o'tamiz, Lissabonda o'tgan ilk o'yinda «Benfika» «qirollik klubi»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. O'sha bahsdagi yagona gol muallifi braziliyalik hujumchi Vinisius Junior bo'lgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar