Fiorentina Pisa ustidan minimal g'alaba bilan xavfli zonadan chiqdi

Seriya A 26-turining yakuniy uchrashuvida autsayderlar qatoridagi “Fiorentina” va “Piza” maydonga tushdi. Florensiyadagi bahsda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchib, turnir jadvalida muhim qadam tashladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
13-daqiqada Sher N’Dur zarbasi himoyachiga tegib qaytdi, qaytgan to‘pga esa Moyze Kin chaqqon javob qaytarib, hisobni ochdi — 1:0. Ikkinchi bo‘lim boshida eng bahsli epizod yuz berdi: 47-daqiqada Domilson Dodo jarima maydonida yiqilgan vaziyatda hakam penalti belgilamadi va aksincha, futbolchiga “simulyatsiya” uchun sariq kartochka ko‘rsatdi.
Mehmonlar uchrashuvning 77 daqiqadan ortiq qismida ortda borishiga qaramay, hujumda sust ko‘rindi: atigi ikki bor darvozaga aniq zarba yo‘lladi va kambek qila olmadi. Natijada “Piza” eng quyi o‘rinlar atrofida qolib ketdi, “Fiorentina” esa uchinchi past pog‘onada bo‘lsa-da, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga nihoyat tushib ketish zonasidan chiqib oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!