Anatoliy Baydachniy JCh bekor bo‘lishi mumkinligini aytdi

Moskvaning «Dinamo» klubida to‘p surgan va sobiq SSSR terma jamoasi hujumchisi Anatoliy Baydachniy Meksikada o‘tkazilishi kerak bo‘lgan jahon chempionati uchrashuvlari atrofidagi xavotirlar haqida fikr bildirdi. Kelasi yoz mamlakat 13 ta o‘yin qabul qilishi kerak, ammo Meksikadagi hozirgi tartibsizliklar turnirni sifatli tashkil etish masalasini shubha ostiga qo‘ymoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Baydachniyga ko‘ra, vaziyat keskinlashsa, o‘yinlar boshqa manzilga ko‘chirilishi ham ehtimoldan xoli emas. «Tramp buyursa, bu uchrashuvlarni AQSHga ko‘chirib yuborishadi. Turnirgacha vaqt bor, balki hammasi o‘zgarib ketar. Dunyo holatiga qarang, ehtimol, bu jahon chempionati umuman o‘tmasligi ham mumkin», — deya uning so‘zlarini «Sovetskiy sport» keltiradi.
Jahon chempionati o‘yinlari uchun Meksikada uchta shahar tanlangan: Mexiko, Monterrey va Gvadalaxara. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi, mezbonlar sifatida Meksika va AQSH bilan birga Kanada ham bahslarga mezbonlik qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!