date

Meksikadagi tartibsizliklar FIFAni jiddiy xavotirga solmoqda

Meksikadagi tartibsizliklar FIFAni jiddiy xavotirga solmoqda

Meksikada yuz bergan tartibsizliklar FIFAni tashvishga soldi. Mamlakat 2026 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qiluvchi davlatlardan biri bo‘lsa-da, katta turnirgacha hali vaqt bor, biroq yaqin oradagi muhim o‘yinlar ancha tez. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mart oxirida Meksikada 2026 yilgi mundial yo‘llanmasi uchun qit’alararo pley-off bahslari o‘tkazilishi kerak. Aynan shu o‘yinlarda ikki yo‘llanma taqsimlanadi va mamlakatdagi beqaror vaziyat FIFAni uchrashuvlar o‘tkaziladigan joyni o‘zgartirish haqida o‘ylashga majbur qilishi mumkin.

The Touchline nashri jurnalist Alejandro Orvanyanosga tayanib, FIFA ichida xavotir kuchayayotganini ma’lum qildi. Voqealar rivoji kuzatishda davom etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionatiga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qilishi belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Meksikadagi tartibsizliklar FIFAni jiddiy xavotirga solmoqda