"Al Hilol"da Benzema jarohat oldi: qachon o‘yinga qaytishi so‘roq ostida

Saudiyadagi “Al-Hilol” safida yangi porlayotgan yulduzlardan biri — Karim Benzema jamoa mashg‘ulotlari vaqtida noxush holatga uchradi. Klub matbuot xizmati ma’lum qilishicha, fransiyalik hujumchi soni (son mushaklari) qismida jarohat olgan.
Shu sababli Benzemaning “Al-Taavun”ga qarshi bo‘lajak o‘yinda maydonga tushishi hozircha katta savol ostida turibdi. Futbolchi yaqin vaqt ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, shundan so‘ng jarohatning darajasi va tiklanish muddati aniqlashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Karim Benzema qishki transferlar oynasida “Al-Ittihod”dan “Al-Hilol”ga ko‘chib o‘tgan edi. 38 yoshli to‘purar yangi jamoasida qisqa vaqt ichidayoq samaradorlik ko‘rsatishga ulgurdi: uchta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.
Muxlislar uchun eng muhimi — tekshiruv natijasi: agar jarohat yengil bo‘lsa, u tezda qaytishi mumkin. Lekin klub shoshilmaydi: Benzema — “bir o‘yin uchun” emas, butun mavsumning kalit figurasi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!