date

Barselona A Seriyadagi yetakchi himoyachini kuzatmoqda

Barselona A Seriyadagi yetakchi himoyachini kuzatmoqda

«Barselona» tarkibini kuchaytirish bozorini sinchiklab o‘rganmoqda. Jurnalist Matteo Moretto xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar «Inter» himoyachisi Alessandro Bastoniga jiddiy e’tibor qaratgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Biroq «Barselona» uchun bu transfer oson bitim bo‘lmaydi: Bastonining narxi juda baland, futbolchining o‘zi esa «Inter» bilan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

26 yoshli himoyachining amaldagi kelishuvi Milan klubi bilan 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt Bastonining bozor qiymatini 80 million yevroga baholaydi.

Joriy mavsumda Bastoni 32 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona A Seriyadagi yetakchi himoyachini kuzatmoqda