Jeydon Sancho Dortmundning Borussiyasiga yana qaytishi mumkin

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Jeydon Sancho yana Dortmundning «Borussiya» klubiga ko‘chib o‘tishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
TEAMtalk xabariga ko‘ra, «asalarilar» vingerning yozda qaytishi bo‘yicha variantni ishlab chiqmoqda. Nemis klubi Sancho bilan erkin agent sifatida shartnoma tuzishni maqsad qilgan. Angliyalik futbolchi Dortmund jamoasida 2017–2021 yillarda, shuningdek 2024 yilda ham to‘p surgan. Hozir u «Aston Villa» safida ijara asosida o‘ynamoqda.
Sancho 2021 yilda Dortmundning «Borussiya»sidan «Manchester Yunayted»ga 85 million yevro evaziga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda vinger 26 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol urdi va 1 assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!