date

Steynar Nilsen Xaugeni Budyo Glimtning eng iqtidorlisi dedi

Steynar Nilsen Xaugeni Budyo Glimtning eng iqtidorlisi dedi

Italiyaning «Milan» klubida to‘p surgan norvegiyalik sobiq futbolchi Steynar Nilsen Jens Xaugeni alohida e’tirof etdi. Nilsen «Milan» tarixida o‘ynagan uch nafar norvegiyalikdan biri bo‘lib, yaqin o‘tmishda «rossoneri» safida ham ko‘ringan Xaugeni «Budyo-Glimt»ning eng iste’dodli futbolchisi, deya baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Nilsenning ta’kidlashicha, Xauge unga o‘zining o‘yin uslubini eslatadi. Biroq u «Budyo-Glimt»ning kuchi faqat bitta futbolchida emasligini, jamoaviy uyg‘unlik asosiy sir ekanini aytdi: Xauge, Berg, Fet, Xog va Byorkan kabi ijrochilar bir butun bo‘lib harakat qilgani uchun natija kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Inter»ga qarshi o‘yinda Xauge gol urib, yana bir golga assist ham qilgan edi. Qiziq jihati shundaki, u o‘sha bahsda «Milan»ning prinsipial raqibi bo‘lgan jamoaning imkoniyatlariga jiddiy zarba bergan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Steynar Nilsen Xaugeni Budyo Glimtning eng iqtidorlisi dedi