Maykl Ouen Dyo'kereshning kamchiliklari ham borligini aytdi

Angliyaning sobiq hujumchisi Maykl Ouen Londonning «Arsenal» klubi forvardi Viktor Dyo'kereshni shoshilinch ravishda maqtashga kirishmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shvetsiyalik futbolchi «Tottenhem»ga qarshi so'nggi derbida (4:1) ikki gol urib, uchrashuv qahramoniga aylangandi. Shu o'yindan keyin u ko'plab ijobiy fikrlar va yuqori baholarga sazovor bo'ldi.
Ouen esa futbolchining o'yinida yoqadigan jihatlar borligini tan olarkan, baribir zaif tomonlari ham ko'pligini ta'kidladi. Uning fikricha, «Arsenal»dagi uzoq muddatli kelajak haqida atigi bitta uchrashuv asosida xulosa chiqarish to'g'ri emas — Dyo'keresh bo'yicha savollar hanuz saqlanib qolmoqda.
Joriy mavsumda Viktor Dyo'keresh «kanonirlar» safida 36 o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!