Ashraf Hakimi ishi qayta ochildi va u sudga boradi

Ashraf Hakimi ustidan jinsiy zo'ravonlik bo'yicha qo'zg'atilgan ish uch yildan buyon futbolchi uchun jiddiy bosim bo'lib kelayotgandi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishganini aytgan yosh qiz uni zo'rlashda ayblagan, endi esa bu ish qayta tiklangani haqida xabarlar paydo bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchi tomonini advokat Fanni Kolin himoya qilmoqda. Hakimi ayblovlarni qat'iyan rad etadi va tergov jarayonida jiddiy kamchiliklar bo'lganini ta'kidlaydi, deya yozadi derbyderbyderby.it.
Eslatib o'tamiz, Hakimi yaqinda jarohati sabab bir necha oy maydondan chetda qolishga majbur bo'lgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing