Bu tajovuzkor siz kutgan hammasidan ham oshadi, dedi Buffon

Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Janluiji Buffon «Inter» hujumchisi Franchesko Pio Espozito haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Buffonning aytishicha, Espozito ko‘pchilik kutganidan ham yuqori darajani ko‘rsatadi. «Agar men “Inter”da bo‘lganimda, tavakkal qilib unga ishonch bildirardim. U o‘zgacha yigit: professionalligi kuchli, kamtarligi esa hayratlanarli», — deya Buffon so‘zlarini keltiradi Nerazzurri Society.
Espozito «Inter» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda 20 yoshli forvard barcha musobaqalarni inobatga olganda 35 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Hujumchining «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing