date

Marokash terma jamoasi bosh murabbiyidan ayrilmoqda

Marokash terma jamoasi bosh murabbiyidan ayrilmoqda

Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Valid Regragi lavozimini tark etish bo‘yicha ariza berdi. RMC Sport xabariga ko‘ra, hozirda tomonlar hamkorlikni muddatidan avval yakunlash shartlarini kelishib olmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

50 yoshli mutaxassis faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin. Manbalarga ko‘ra, unga bir nechta klub qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Marokash terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadi. Turnir Shimoliy Amerikada o‘tkazilib, uchrashuvlar AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi.

Guruh bosqichida marokashliklar Braziliya, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marokash terma jamoasi bosh murabbiyidan ayrilmoqda