Kafanov terma jamoa ro'yxatida 5-6 darvozabon borligini aytdi

Rossiya terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Vitaliy Kafanov milliy jamoaning kengaytirilgan ro'yxatida birdaniga besh-olti nafar golkiper borligini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, bu darvozabonlarning barchasi yaxshi o'yin ko'rsatmoqda va darajalari deyarli teng. Uning fikricha, tanlovda mayda detallar hal qiluvchi bo'ladi, ba'zan esa juda kuchli darvozabonlar ham ro'yxatdan chetda qolib ketadi.
Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi 2022 yil fevralidan beri xalqaro musobaqalardan chetlatilgan. Shu sabab Valeriy Karpin jamoasi faqat o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi mumkin. Kelasi oy oxirida terma jamoa navbatdagi sparringlarni o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing