Atalanta va Borussiya Chempionlar ligasi tarkiblarini e'lon qildi

Chempionlar ligasining chorshanba kungi erta uchrashuvida Bergamoda «Atalanta» Dortmundning «Borussiya»sini qabul qiladi. O'yin uchun asosiy tarkiblar ma'lum bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Atalanta» bosh murabbiyi Raffaele Palladino quyidagi futbolchilarga ishonch bildirdi: Karnesekki, Skalvini, Hien, Kolashinats, Dzappakosta, Bernaskoni, de Ron, Pashalin, Samardzhich, Zalevski, Skamakka.
«Borussiya» ustozi Niko Kovach esa maydonga Kobel, Anton, Bensebaini, Djan, Ryuerson, Svensson, Nmecha, Bellingem, Bayer, Brandt va Girassini tushirishga qaror qildi.
Uchrashuv 22:45 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. O'yinni LiveResult portalida matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin. Birinchi bahsda dortmundliklar o'z maydonida 2:0 hisobida g'alaba qozongan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!