date

Semshov XXI asrdagi Rossiya terma jamoasining eng zo'r murabbiyini aytdi

Semshov XXI asrdagi Rossiya terma jamoasining eng zo'r murabbiyini aytdi

Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Igor Semshov XXI asrda milliy jamoaga boshchilik qilgan murabbiylar orasidan eng yaxshisini tanladi. U birinchi o'ringa Gus Xiddinkni qo'ydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Semshov Metaratings nashriga bergan izohida, Cherchesov qo'l ostida o'ynamaganini, Xiddink davrida esa maydonga tushganini ta'kidlab, aynan niderlandiyalik mutaxassisni yetakchi deb bilishini aytdi.

Xiddink boshqaruvida Rossiya terma jamoasi 2008 yilgi Yevropa chempionatida uchinchi o'rinni egallagan. O'sha turnir chorak finalida rossiyaliklar sensatsion tarzda Niderlandiyani qo'shimcha taymlardan keyin 3:1 hisobida mag'lub etgan edi.

Hozir Rossiya terma jamoasiga Valeriy Karpin rahbarlik qilmoqda. Milliy jamoaning navbatdagi yig'ini mart oyi oxirida bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Semshov XXI asrdagi Rossiya terma jamoasining eng zo'r murabbiyini aytdi