date

Ronaldu Al-Nasrning Pro-liga o'yinini asosda boshlaydi

Ronaldu Al-Nasrning Pro-liga o'yinini asosda boshlaydi

Chorshanba kuni “Al-Nasr” Saudiya Arabistoni chempionatida navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi. Jamoa bu safar “Al-Nadjma”ga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bosh murabbiy Jorje Jezush o‘yinni ilk daqiqalardan quyidagi tarkib bilan boshlashga qaror qildi: Bento, al-Bushayl, Simakan, al-Amri, Inyigo Martines, Brozovich, al-Haybari, Koman, Mane, Felish, Ronaldu.

“Al-Nasr” hujum chizig‘ida haqiqiy kuchli kvartet jam bo‘ladi: Krishtianu Ronaldu, Joau Felish, Sadio Mane va Kingsli Koman raqib darvozasini nishonga olishga mas’ul.

“Al-Nadjma” – “Al-Nasr” uchrashuvi 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Bellashuvni matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin bo‘ladi.

Agar “Al-Nasr” g‘alaba qozonsa, jamoa Pro-liga jadvalida yana yakka peshqadamga aylanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Al-Nasrning Pro-liga o'yinini asosda boshlaydi