date

Rinat Dasaev Safonovning PSJdagi o‘yinlari haqida fikr bildirdi

Rinat Dasaev Safonovning PSJdagi o‘yinlari haqida fikr bildirdi

Afsonaviy darvozabon Rinat Dasaev rossiyalik golkiper Matvey Safonovning fransuzning “PSJ” safidagi ishtiroki yuzasidan munosabatini aytdi. Safonov jamoa asosiy tarkibida ketma-ket yetti uchrashuvdan beri maydonga tushmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Dasaevning ta’kidlashicha, agar “PSJ” murabbiylar shtabi Safonovga ishonch bildirayotgan bo‘lsa, demak hammasi joyida. Shu bilan birga, u Safonovning o‘yinlarini muntazam kuzatmaganini va aniq epizodlar bo‘yicha baho berishi qiyinligini qo‘shimcha qildi.

Safonov Parij klubiga 2024 yil yozida “Krasnodar”dan 20 million yevro evaziga kelib qo‘shilgandi.

2025/2026 yilgi mavsumda Matvey 11 ta uchrashuvda o‘ynab, 12 ta gol o‘tkazib yubordi. To‘rtta bahsda esa darvozasi daxlsiz qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rinat Dasaev Safonovning PSJdagi o‘yinlari haqida fikr bildirdi