Prestianni Vinisiusni haqoratlaganini tan oldi, lekin oqlanmoqda

"Benfika"ning hujumkor yarim himoyachisi Janluka Prestianni jamoa ichida "Real" hujumchisi Vinisius Juniorga nisbatan irqchilik mazmunidagi haqorat ishlatganini tan olgani aytilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Correio da Manha xabariga ko'ra, futbolchi jamoadoshlari bilan suhbatda Vinisiusga nisbatan "maymun" so'zini qo'llaganini e'tirof etgan. Shu bilan birga, u o'zini rasist emasligini ta'kidlash uchun bir qator izoh va dalillar keltirgan.
Hozircha UEFA ushbu holat bo'yicha tekshiruvni yakunlamagan. Biroq dastlabki xulosalarda kamsitish alomatlari qayd etilgani sababli Prestianni vaqtincha bir o'yinga diskvalifikatsiya qilingan.
Eslatib o'tamiz, "Benfika" Chempionlar ligasini tark etdi: Lissabonda "Real"ga 0:1 hisobida, safarda esa 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!