Romano Osimhenning Yuventusga o'tishi deyarli imkonsiz dedi

«Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimhen yaqin kelajakda «Yuventus» safida ko‘rinishi ehtimoldan yiroq. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Nigeriyalik futbolchi Chempionlar ligasida turinliklarga qarshi bahslarda asosiy qahramonlardan biri bo‘ldi: Istanbul jamoasi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 7:5 hisobida ustun keldi. U uchrashuvlar oldidan ham, keyin ham «Yuventus»ga hurmati balandligini bir necha bor ta’kidladi va kelajakda bu klubga o‘tish variantini inkor etmadi.
Biroq insayder Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, kelasi yozda transfer amalga oshishi deyarli nolga teng. Sabab — «Galatasaroy»ning Osimhenni A Seriyasi klublariga sotishini cheklovchi maxsus bandlar. Bu shartlar futbolchi avval to‘p surgan «Napoli» talabi bilan kiritilgan.
Transfermarkt portali Osimhenning bozor qiymatini 75 mln yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!