date

Eranio Allegri Leau uchun samaraliroq rol topdi deb hisoblaydi

Eranio Allegri Leau uchun samaraliroq rol topdi deb hisoblaydi

“Milan”ning sobiq yarim himoyachisi Stefano Eranio portugaliyalik hujumchi Rafael Leauning yangi roli haqida fikr bildirdi. Massimiliano Allegri jamoaga kelgach, Leau markaziy hujumchi sifatida sinab ko‘rilmoqda va Eranio bu o‘zgarishni foydaliroq yechim deb biladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eranioning ta’kidlashicha, Leau kuchli individual sifatlariga ega, biroq ba’zan tartibsizroq va erkin uslubda harakat qiladi. Uning fikricha, Allegri vaziyatni nozik hisoblab, Leauni eng ko‘p samara beradigan joyga qo‘ydi — u endi to‘psiz holatda ortiqcha yugurishga majbur bo‘lmaydi.

Ma’lumot uchun, Stefano Eranio “Milan” safida Fabio Kapello davrida, o‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalarida to‘p surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eranio Allegri Leau uchun samaraliroq rol topdi deb hisoblaydi