Adriano Oltin to'p Shavchenkoga emas menga tegishli edi

Italiya futbolining sobiq yulduzi, “Parma” va Milan “Inter” safida to‘p surgan Leyte Adriano 2004 yildagi “Oltin to‘p” masalasiga qaytdi. Braziliyalik futbolchi o‘sha yili nufuzli sovringa ukrainalik hujumchi Andrey Shavchenko loyiq ko‘rilganini adolatsiz qaror deb hisoblaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Adrianoning fikricha, o‘sha davrda u Shavchenkodan kam o‘ynamagan va mukofotni qo‘lga kiritishga to‘liq haqli bo‘lgan. “Men ‘Oltin to‘p’ni yutishim kerak edi. Shavchenko oldi — albatta, barakalla, biroq o‘sha paytda men undan yomon emasdim. Balki menga g‘alaba uchun ozgina tartib-intizom yetishmagandir. Ammo o‘tmishni qaytarib bo‘lmaydi”, — deya Adrianoning so‘zlarini pianetamilan.it keltiradi.
“Imperator” laqabi bilan tanilgan futbolchi professional faoliyatini 2016 yilda yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!