date

Kostakurta Atalantani maqtadi va o'yinidan hayratlandi

Kostakurta Atalantani maqtadi va o'yinidan hayratlandi

Italiyaning «Atalanta» klubi Chempionlar ligasida navbatdagi bosqichga chiqqan A Seriyadagi yagona jamoa bo'lib qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa Dortmundning «Borussiya»siga qarshi ilk uchrashuvda 0:2 hisobida yutqazgandi, biroq javob bahsida kuchli kambek qayd etib, raqibini 4:1 hisobida taslim qildi.

Uchrashuvdan so'ng «Milan» afsonasi Alessandro Kostakurta «Atalanta» o'yinini yuksak baholadi. Uning aytishicha, bunday natijani kutmagandi, ammo bergamoliklar aqlbovar qilmas darajada kuchli futbol namoyish etib, Italiya futboli elitasiga mansubligini yana bir bor isbotlagan.

Kostakurta yetakchilar haqida ham to'xtalib, Pasalichni alohida tilga oldi: u bunday xarakter va liderlikni Franko Barezi davridan beri ko'rmaganini ta'kidladi.

Eslatib o'tamiz, «Atalanta» 2024 yilda Yevropa ligasida g'olib chiqqan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kostakurta Atalantani maqtadi va o'yinidan hayratlandi