date

Gvardiola Angliyadagi sevimli safar stadionlarini aytdi

Gvardiola Angliyadagi sevimli safar stadionlarini aytdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliyada ishlagan davri davomida safar uchrashuvlariga borgan eng yoqimli uch stadion nomini tilga oldi. Mutaxassis «Kreyven Kottej», «Vikaraj Roud» va «Gudison Park» arenalarini alohida e’tirof etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Juma kungi matbuot anjumanida Gvardiola «Fulhem» stadioni, «Uotford» maydoni hamda «Everton»ning eski arenasida o‘ynash o‘ziga xos kayfiyat berishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa mamlakatdan kelgan odam uchun bunday an’anaviy stadionlar alohida taassurot qoldiradi, biroq yangi arenalar ham o‘zining qulayligi va ko‘rki bilan yoqimli.

«Manchester Siti» 28-fevral, shanba kuni APL doirasida safarda «Lids»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Angliyadagi sevimli safar stadionlarini aytdi