date

Mario Rui Dubayda yangi jamoa bilan kelishuvga erishdi

Mario Rui Dubayda yangi jamoa bilan kelishuvga erishdi

Italiyaning «Napoli» klubida to‘p surgan sobiq himoyachi Mario Rui faoliyatini Yaqin Sharqda davom ettiradi. Portugaliyalik futbolchi BAA uchinchi ligasida qatnashadigan «Forte Virtus» bilan shartnoma tuzdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Rui yangi jamoaga qo‘shilishdan avval zarur tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi va klubdan rasmiy «yashil chiroq» oldi. U «Napoli» bilan 2024 yil oxirida xayrlashganidan beri bir yildan ortiq vaqt maydonga tushmagandi.

«Forte Virtus» tarkibida A Seriyadan chiqqan boshqa futbolchilar ham bor — xususan, Lorens Serpe, Davide Marsura va Moxamed Fares. Jamoaga italiyalik mutaxassis Andrea Tedesko boshchilik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mario Rui Dubayda yangi jamoa bilan kelishuvga erishdi