
Dunyoning sobiq 14-raqamli tennischisi, 45 yoshli marokashlik Yunus al-Aynaviy Bahrayn poytaxti Manamada o‘tayotgan ITF seriyasi musobaqasining 2-raundiga chiqdi. U musobaqaning 1-davrasida avstriyalik Brend Kosslerni 6:4, 2:6, 7:5 hisobida yutdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Al-Aynaviy 2010 yilda Dohadagi musobaqadan keyin faoliyatini yakunlashga qaror qilgandi, biroq 6 yil o‘tgach ITF musobaqasida ishtirok etish uchun kortga qaytgan. Tennischi o‘sha musobaqada birorta g‘alabaga erisha olmagandi.
Yunus chorak finalga chiqish uchun norvegiyalik Viktor Durashevich bilan bellashadi.
Tennis. Manama, Bahrayn. Erkaklar. 1-davra.
Al-Aynaviy (Marokash) — Kossler (Avstriya) — 6:4, 2:6, 7:5 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar