Osimhenni Yuventusga sotish Galatasarayga qimmatga tushishi mumkin

"Yuventus" "Galatasaray" hujumchisi Viktor Osimhen variantini ko'rib chiqmoqda, biroq bu transferni amalga oshirish nihoyatda mushkul bo'lishi mumkin. La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, o'tgan yozda "Napoli" futbolchini turk klubi safiga o'tkazganida shartnomaga maxsus bandlar kiritilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, Osimhen birinchi yil ichida "Yuventus" yoki A Seriyadagi istalgan boshqa klubga sotilsa, "Galatasaray" 70 million yevro jarima to'laydi. Ikkinchi yilda esa jarima miqdori 50 million yevroni tashkil etadi. Ushbu cheklov 2027 yil 1 sentyabrgacha amal qiladi.
Bundan tashqari, "Galatasaray" Osimhen transferi uchun 75 million yevro sarflagani ham hisobga olinadi. Qolaversa, keyingi sotuvdan "Napoli" qo'shimcha ravishda transfer summasining 10 foizini olish huquqiga ega.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!