Arsenal 50 mln yevroga baholangan italiyalik himoyachini kuzatmoqda

Londonning «Arsenal» klubi o‘ng qanot himoyachisi Marko Palestra o‘yinlarini diqqat bilan kuzatmoqda. 20 yoshli futbolchi «Atalanta»ga tegishli bo‘lsa-da, joriy mavsumda ijara asosida «Kalyari» safida harakat qilmoqda. Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotiga ko‘ra, «kanonirlar» skautlari «rossoblu»ning so‘nggi uchrashuvlarida futbolchining salohiyatini yaqindan baholash uchun tribunalarda bo‘lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Transfermarkt Marko Palestrani 25 mln yevroga baholagan, biroq «Atalanta» istiqbolli lateral uchun bundan ikki baravar ko‘proq — 50 mln yevro talab qilmoqda. Avvalroq italiyalik futbolchiga APLning boshqa yirik klublari hamda A Seriyaning yetakchi jamoalari qiziqish bildirayotgani haqida ham xabarlar tarqalgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!