date

Armstrong bunday o'yinlar uchun futbol o'ynaymiz dedi

Armstrong bunday o'yinlar uchun futbol o'ynaymiz dedi

APLda autsayder sanaladigan «Vulverhempton» kutilmagan natija qayd etib, turnir jadvalining yuqori qismida borayotgan «Aston Villa»ni mag'lub etdi. Zaxiradan maydonga tushib, «bo'rilar» o'yinini sezilarli kuchaytirgan Adam Armstrong bu g'alabadan katta ruhlanganini yashirmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Armstrongning ta'kidlashicha, futbolning butun zavqi aynan shunday uchrashuvlarda namoyon bo'ladi: derbida jamoalarning turnirdagi o'rni unchalik ahamiyat kasb etmaydi. «Hozir biz uchun eng to'g'risi — har bir o'yindan zavq olish va kelajak haqida oldindan taxmin qilmaslik. Biz qattiq ishlayapmiz va bundan ham ko'proq mehnat qilamiz», — deya uning so'zlarini BBC Sport keltirdi.

Shunga qaramay, bu g'alaba «Vulverhempton»ning ligada qolish imkoniyatlarini keskin oshirib yuborgani yo'q — jamoaning omon qolish umidi hozircha faqat matematik hisob-kitoblarga bog'liq.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Armstrong bunday o'yinlar uchun futbol o'ynaymiz dedi