Luis Enrike PSJ va Chelsi dueli oldidan revanshni inkor etdi

«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi 1/8 finalidagi qur’a natijalari yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Unga ko‘ra, parijliklarning raqibi «Chelsi» bo‘ldi. Jamoalar so‘nggi bor iyul oyida Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida to‘qnash kelgan va o‘shanda londonliklar PSJni yirik hisobda mag‘lub etgandi — 3:0.
«Hech qanday revansh kayfiyati yo‘q, ammo ingliz jamoalariga qarshi o‘yinlar doim juda kuchli motivatsiya beradi. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan beri ko‘p narsa o‘zgardi — hozir vaziyat butunlay boshqa», — deya Luis Enrikening so‘zlarini keltiradi Topskills Sports UK.
PSJning uy uchrashuvi 11 mart kuni o‘tkaziladi. Javob bahsi esa 17 mart kuni Angliya poytaxti Londonda bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!