Kudryashov Djikiya tezroq Antalyaspor asosiga qaytsin dedi

Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Fyodor Kudryashov Georgiy Djikiyaning Turkiyadagi faoliyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis Antalyaspor markaziy himoyachisi atrofidagi vaziyatni muntazam kuzatib borishini aytdi. 32 yoshli futbolchi so‘nggi paytlarda maydonga tushmay qo‘ydi, agentining so‘zlariga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Djikiya hozircha eng yaxshi sport formasida emas, deb hisoblamoqda.
«U o‘ynadimi-yo‘qmi, baribir kuzataman. Eng ko‘p istagim — u tezroq asosiy tarkibga qaytsa. U bilan bog‘landimmi? Faqat klubga o‘tayotgan paytida gaplashganmiz, hozir esa yo‘q», — deya Kudryashovning so‘zlarini keltiradi Metaratings.ru.
Djikiya Antalyaspor safida 2025 yil yozidan beri to‘p tepmoqda. Joriy mavsumda sobiq Spartak himoyachisi 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!