Gvardiola Real tarkibi doim kuchli bo'lganini ta'kidladi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasi 1/8 finalida jamoasiga raqib bo'ladigan Madridning «Real»i haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ikki o'yinlik qarama-qarshilikning dastlabki uchrashuvi 11 mart kuni «Santyago Bernabeu» stadionida bo'lib o'tadi. Javob bahsi esa 17 martga belgilangan.
Gvardiolaning aytishicha, u futbolchi va murabbiy sifatida faoliyat yuritgan barcha yillar davomida «Real» doim yuqori saviyadagi ijrochilar jamlangan tarkibga ega bo'lib kelgan. Mutaxassis, shuningdek, Madrid klubida o'zgarishlar ham bo'lganini eslatib o'tdi: Xabi Alonso ketdi, uning o'rnini Alvaro Arbeloa egalladi. Gvardiola «Siti»ning tayyorgarlik uchun vaqti borligini, «Real» haqida keyinroq yanada batafsil o'ylab chiqishlarini qo'shimcha qildi.
Bugun «shaharliklar» Angliya Premer-ligasida safarda «Lids»ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!