Dyo'keresh APLdagi zarbalarni golga aylantirishda Xolanddan o'zib ketdi

WhoScored statistik portali 2025/26 yilgi Angliya Premyer-ligasida zarbalarni golga aylantirish ko'rsatkichi eng yuqori bo'lgan futbolchilar reytingini e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ro'yxatning birinchi pog'onasidan “Brentford” hujumchisi Igor T'yago joy oldi: uning zarbalarining 27 foizi gol bilan yakunlangan. Ikkinchi o'rinda “Arsenal” forvardi Viktor Dyo'keresh (24%) bormoqda. Kuchli uchlikni esa chempionatning eng yaxshi to'purari Erling Xoland (“Manchester Siti”) va “Chelsi” vakili Joao Pedro yakunlab turibdi — ikkisida ham 23 foiz.
Beshinchi natija 21 foiz ko'rsatkich bilan Antuan Semen'yo hisobida. U yanvar oyida “Bornmut”dan “Manchester Siti”ga ko'chib o'tgan. Qayd etilishicha, statistikada mavsum davomida darvoza tomon kamida 40 marta zarba bergan futbolchilar hisobga olingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!