date

Como Leccheni yengib, irodali g'alabaga erishdi

Como Leccheni yengib, irodali g'alabaga erishdi

So'nggi uchrashuvlarda biroz sustlashib qolgan «Como» shanba kungi bahsda omon qolish uchun kurashayotgan «Lecce»ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mehmonlar 13-daqiqada hisobni ochdi: Lamek Banda qanotdan uzatma berdi, Lassana Kulibali esa bosh bilan aniq zarba yo'llab, jamoasini oldinga olib chiqdi — 0:1. Oradan besh daqiqa o'tib, Hesus Rodriges Anastasios Duvikasni qulay vaziyatga chiqardi va «Como» tezda javob qaytardi — 1:1.

Uy egalari bosimni davom ettirdi va 36-daqiqada yana bir bor aniq hujum uyushtirdi: Maksimo Perronedan uzatmani olgan Rodriges to'pni darvozaga «mixlab», hisobni o'zgartirdi — 2:1. Tanaffus arafasida esa Lukas da Kunyaning yuqoridan uzatmasidan keyin Mark-Oliver Kempf bosh bilan gol urib, farqni ikkitaga oshirdi — 3:1.

Ushbu g'alabadan so'ng «Como» turnir jadvalida «Yuventus»ni ortda qoldirib, 5-o'ringa ko'tarildi. «Lecce» esa quyi pog'onalarda qolib, pastdan uchinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Como Leccheni yengib, irodali g'alabaga erishdi