date

FIFA AQShning Eronga qarshi operatsiyasi yuzasidan izoh berdi

FIFA AQShning Eronga qarshi operatsiyasi yuzasidan izoh berdi

AQSh Eron hududiga nisbatan harbiy amaliyotni boshladi. Vaziyat fonida FIFA bosh kotibi Mattias Grafstrem mavzuga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Grafstremning aytishicha, u ham ertalab boshqalar qatori yangiliklarni o‘qigan. FIFA rahbariyati shu kuni yig‘ilish o‘tkazgan bo‘lsa-da, hozircha voqealarga batafsil izoh berish erta ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlarini ESPN keltirdi: «Bugun ertalab Erondagi yangiliklarni sizlar kabi o‘qidim. Bugun yig‘ilish o‘tkazdik. Hozir buni batafsil sharhlashga erta. Dunyo bo‘ylab vaziyat rivojini kuzatib boramiz».

Shuni ham eslatish joizki, yozda AQSh Kanada va Meksika bilan birga futbol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jamoalar orasida Eron terma jamoasi ham bor, shu bois vaziyat yanada murakkablashmoqda.

Hozirgi amaldagi jahon chempioni Argentina hisoblanadi. Yozda «albiseleste» jamoasi kubokni himoya qilish uchun maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » FIFA AQShning Eronga qarshi operatsiyasi yuzasidan izoh berdi