date

Eron terma jamoasi mundialdan voz kechishi mumkin

Eron terma jamoasi mundialdan voz kechishi mumkin

2026 yilgi jahon chempionatiga muvaffaqiyatli yo'llanma olgan Eron terma jamoasi AQSH va Isroil ishtirokidagi ziddiyat keskinlashgani fonida turnirda qatnashmaslik ehtimolini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rahbari Mehdi Toj ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Televideniyedagi chiqishida Toj bugungi voqealar, xususan AQSH hujumi ortidan mundialga katta umid bilan qarash qiyinligini ta'kidladi. Uning aytishicha, yakuniy qarorni sport sohasidagi mas'ullar qabul qilishi kerak.

Ma'lumot uchun, Eron guruh bosqichidagi uchta uchrashuvini ham AQSHda o'tkazishi lozim: Yangi Zelandiya, Belgiya va Misrga qarshi. Shuningdek, 1/16 finalda eronliklarning AQSH terma jamoasiga ro'para kelib qolish ehtimoli ham bor, bu esa FIFA uchun qo'shimcha tashkiliy muammolar keltirib chiqarishi mumkin.

Shu bilan birga, Eron chempionati alohida buyruqqacha to'xtatilgani aytildi. Ko'plab legionerlar allaqachon mamlakatni tark etgan yoki chiqib ketishga urinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eron terma jamoasi mundialdan voz kechishi mumkin