date

Konte mavsum qiyinchiliklari unga katta saboq berganini aytdi

Konte mavsum qiyinchiliklari unga katta saboq berganini aytdi

"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoa joriy mavsum duch kelayotgan muammolar, xususan jarohatlar fonidagi vaziyat haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Italiya amaldagi chempioni kampaniya startidanoq tarkibdagi yo'qotishlar bilan yashayapti. Neapolliklar allaqachon Chempionlar ligasi va Kubok bilan xayrlashdi, A Seriyada esa yetakchi "Inter" bilan chempionlik poygasida raqobat qilish imkoniyati tobora kamayib bormoqda.

Konte ta'kidlashicha, bu mavsum unga avval uchramagan holatlarda ishlash tajribasini berdi: "Men yangi vaziyatlarni boshdan kechirdim, bu esa murabbiy sifatida meni kuchaytirdi. Bunday muammolarni hal qilish oson emas. Hozir o'zimni avvalgidan ham mukammalroq murabbiy deb his qilyapman", — deya uning so'zlarini jurnalist Nikolo Skira keltirdi.

Eslatib o'tamiz, shanba kuni "Napoli" safarda "Verona"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Konte mavsum qiyinchiliklari unga katta saboq berganini aytdi