date

Nikaragualik futbolchi Rossiyani kuchli raqib deb atadi

Nikaragualik futbolchi Rossiyani kuchli raqib deb atadi

Nikaragua terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Ariel Arauz Rossiyaga qarshi bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan fikr bildirdi. Kosta-Rika chempionatida «Sporting» safida to‘p surayotgan futbolchi uchun bu bahs jiddiy sinov bo‘lishini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

BetBoom homiyligidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 27 mart kuni Krasnodarda bo‘lib o‘tadi. Arauzning aytishicha, Rossiya o‘z mintaqasidagi eng muhim va kuchli jamoalardan biri bo‘lib, Nikaragua uchun bunday raqibga qarshi o‘ynash katta tajriba beradi.

FIFA reytingida Nikaragua 131-o‘rinda bormoqda, Rossiya esa 36-pog‘onani egallab turibdi. Ushbu terma jamoalar avval hech qachon o‘zaro maydonga tushmagan. Mart oyida Valeriy Karpin boshchiligidagi Rossiyani Nikaraguadan tashqari Mali bilan ham uchrashuv kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nikaragualik futbolchi Rossiyani kuchli raqib deb atadi