date

Bergomi Dimarkoning mavsumi alohida e'tirofga loyiq deb hisoblaydi

Bergomi Dimarkoning mavsumi alohida e'tirofga loyiq deb hisoblaydi

"Inter" va Italiya terma jamoasining sobiq yetakchilaridan Juzeppe Bergomi hozirgi "neradzurrilar" tarkibidagi Federiko Dimarkoni dunyoning eng kuchli futbolchilari qatoriga kiritdi. Afsona himoyachi Dimarkoning so'nggi paytlardagi eng ko'zga tashlanayotgan jihatiga ham alohida to'xtaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

La Gazzetta dello Sport nashri keltirgan fikrlarga ko'ra, Bergomi Dimarko ayni damda juda yuqori darajadagi mavsum o'tkazayotganini ta'kidladi, biroq u so'nggi to'rt yil davomida ham doim barqaror o'yin ko'rsatib kelganini eslatdi. Uning aytishicha, Dimarko terma jamoada ham o'zini yaxshi namoyon etib, ko'plab gollar urgan.

Bergomiga ko'ra, eng katta o'zgarish shundaki, Dimarko endi ko'plab uchrashuvlarni to'liq 90 daqiqa o'tkazmoqda. Avvalgi yillarda bunda muammolar bo'lganini qayd etgan mutaxassis bu borada murabbiy Kristian Kivuning qilgan ishi juda samarali chiqqanini bildirdi.

Shuningdek, Bergomi futbolchining buyukligi barqarorlik orqali bilinishi, Messsi va Ronaldu nega doim tilga olinishi ham aynan uzoq yillar davomida eng yuqori cho'qqida ushlanib turgani bilan bog'liqligini aytdi. U Dimarkoning haqiqiy qiymati faoliyati yakunida yanada aniq ko'rinishini, ammo bugunoq uning salohiyati, uzatmalari sifati, zarbasi va assistlar soni bo'yicha dunyodagi eng kuchlilaridan biri ekanini ta'kidladi.

Joriy mavsum A Seriyada Dimarko 25 o'yinda 21 ta samarali harakat qayd etdi. Himoyachi 6 gol urdi va 15 bor golli uzatma berdi, bu esa musobaqa rekordidan atigi bittaga kam.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bergomi Dimarkoning mavsumi alohida e'tirofga loyiq deb hisoblaydi