Malayziya davlatining Malakka shahrida joylashgan "Hang Jebat Stadium" o‘yingohida Suriya hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasida JCh-2018 saralash uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi.
Unda 1:0 hisobi qayd etilib, suriyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi, deb yozadi Uff.uz sayti.
Birinchi bo‘limda O‘zbekistonning kichik ustunligi ostida o‘tgan bo‘lsada, umuman tanaffusga qadar maydonda tengkurash bo‘ldi.
Hamyurtlarimizda bir qator qulay standart vaziyatlar bo‘ldi, biroq ilk taymda darvozalar daxlsiz qoldi.
Ikkinchi bo‘limda vakillarimiz bosimni oshirishga harakat qilishdi, biroq bu kuni yigitlarimizning o‘yini hech qovushmadi. Har safar yo texnik xato, yo raqib himoyachilarining ishonchli o‘yini bunga sabab bo‘ldi.
Terma jamoamiz ustozi Samvel Babayan hujumchilarni maydonga tushirdi. Sasha Geynrixni o‘yinga tashladi.
Bizni ko‘pgina o‘yinlarda qutqarib, qimmatli g‘alabalarni keltirgan Aleksandr ham bu kuni butun jamoamiz kabi anchagina yomon o‘ynadi.
Ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida bizning darvozaga penalti belgilandi va Umar Xarbin penaltidan jamoasini oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, Suriya g‘alabani ilib ketdi va O‘zbekiston ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olish uchun qulay vaziyatni qo‘ldan boy berdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi