date

Arbeloa Real Manchester Cityga qarshi to'liq tayyor bo'ladi

Arbeloa Real Manchester Cityga qarshi to'liq tayyor bo'ladi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Yevropa Chempionlar ligasidagi «Manchester Siti»ga qarshi bo'ladigan bahs oldidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, ikki grand jamoa o'rtasidagi to'qnashuv muxlislar uchun tomosha jihatidan juda qiziqarli kechadi. Arbeloa «Real» ishqibozlari raqibning kuchi tufayli bu uchrashuvni yanada alohida baholashini aytib, kerakli payt kelganda jamoa to'liq tayyor bo'lishini qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, «Real» va «Manchester Siti» Chempionlar ligasi 1/8 finalida to'qnash keladi. Dastlabki o'yin 11 mart kuni Madridda, javob uchrashuvi esa 17 mart kuni Manchesterda bo'lib o'tadi.

O'tgan mavsumgi Chempionlar ligasida «qirollik klubi» «shaharliklar»ni pley-off bosqichida ortda qoldirgandi — 3:2 va 3:1.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa Real Manchester Cityga qarshi to'liq tayyor bo'ladi