Arteta Deklan Rays o'zi almashtirishni so'radi dedi

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta yarim himoyachi Deklan Raysning holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
27 yoshli futbolchi yakshanba kungi "Chelsi"ga qarshi derbida (2:1) jamoasining g'alabasiga hissa qo'shdi: u Yurryen Timber goliga assist muallifi bo'ldi. Uchrashuvning 76-daqiqasida Rays o'rnini Kristian No'rgor egalladi.
"Qanchalik jiddiy ekanini hozir aniq ayta olmayman, ammo Deklan o'zi almashtirishni so'radi. Tekshiruv natijalarini kutamiz, shundan keyin uning chorshanba kuni o'ynay olishi-olmasligi ma'lum bo'ladi", — dedi Arteta matbuot anjumanida.
4 mart kuni "Arsenal" APL doirasida safarda "Brayton"ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing