date

Eduard Mor Roma va Yuventus durangini baholadi

Eduard Mor Roma va Yuventus durangini baholadi

Moskvaning «Spartak» klubida to‘p surgan sobiq himoyachi, hozirda futbol eksperti sifatida faoliyat yuritayotgan Eduard Mor A Seriyaning 27-turida «Roma» va Turin «Yuventus» o‘rtasidagi sermahsul uchrashuv haqida fikr bildirdi. Bellashuv 3:3 hisobida yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning aytishicha, hisob 1:3 bo‘lib turgan paytda u «Yuventus» bu o‘yinni qutqara olmasadi, deb o‘ylagan. Shunga qaramay, turinliklar yakuniy daqiqalarda yana bir bor irodasini ko‘rsatib, kambekka erishdi. «Spalletti jamoasi xarakter namoyish etdi. Juda zo‘r o‘yin», — dedi Mor «Match TV» efirida.

Ushbu natijadan so‘ng «Roma» 51 ochko bilan Italiya chempionati jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Lusiano Spalletti boshchiligidagi jamoa esa 47 ochko jamg‘argan holda oltinchi pog‘onani egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eduard Mor Roma va Yuventus durangini baholadi