Husanov 90 daqiqa o‘ynadi: «Siti» «Nyukasl»ni yengib, chorakfinalga chiqdi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- «Manchester Siti»
- Angliya kubogi 1/8 finalida safarda «Nyukasl»ni 3:1 hisobida mag'lub etib, chorakfinalga chiqdi.
- Mezbonlar Barnsning 18-daqiqadagi golidan keyin oldinga chiqdi, biroq Savinio 39-daqiqada hisobni tenglashtirdi.
- Marmush 47 va 65-daqiqalarda gol urib, «Siti»ga g'alaba keltirdi. O'zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda to'liq 90 daqiqa o'ynadi.
Angliya kubogi 1/8 finalida «Manchester Siti» safarda «Nyukasl»ga qarshi maydonga tushib, 3:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mezbonlar bahsni faol boshladi va 18-daqiqada Barns hisobni ochib, «Sent-Jeyms Park»ni bir zumda “uyg‘otib” yubordi. Ammo bu gol «shaharliklar»ni to‘xtatib qo‘ya olmadi — aksincha, «Siti» keyingi daqiqalarda o‘yinni o‘z foydasiga burib ketdi.
Birinchi bo‘limning oxirlarida, 39-daqiqada Savinio tabloda muvozanatni tikladi — 1:1. Tanaffusdan keyin esa «Siti» bosimni yanada kuchaytirdi: 47-daqiqada Marmush gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Bahs taqdiri deyarli hal bo‘lgan paytda ham mehmonlar to‘xtamadi — 65-daqiqada Marmush yana bir bor darvozani ishg‘ol qilib, dubl qayd etdi va hisobni 1:3 ko‘rinishiga keltirdi.
Bu uchrashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Eng muhimi, u yuqori bosimli safar o‘yinida oxirigacha maydonda qolib, jamoasining chorakfinalga chiqishida o‘z hissasini qo‘shdi. Bunday bahslarda to‘liq o‘ynash — himoyachi uchun ham ishonch, ham murabbiylar shtabi tomonidan berilgan katta bahodir.
Shu tariqa, «Manchester Siti» Angliya kubogida navbatdagi bosqich — chorakfinalga yo‘l oldi. «Nyukasl» esa birinchi goldan keyin ustunlikni ushlab tura olmadi va o‘yin ritmini mehmonlarga berib qo‘ydi.
Angliya kubogi. 1/8 final
Nyukasl — Manchester Siti 1:3
Gollar: Barns 18 – Savinio 39, Marmush 47, 65.
Nyukasl: Ramsdeyl, Trippiyer (Bern, 63), Tiav, Botman, Holl, Elanga (Joelinton, 62), Tonali, Uillok, Voltemade (Gordon, 72), Barns, Osula (Vissa, 63).
Manchester Siti: Trafford, Nunes, Husanov, Stounz, Ake, Niko, Reynders, O’Rayli, Savinio (Sherki, 79), Dok-u (Dok-u, 79), Marmush (Semenyo, 73).































Izohlar 0
…