Husanov asosiyda: "Manchester Siti" Bernabeuda kuchli tarkib bilan...

Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida “Manchester Siti” safarda Madridning “Real” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. “Santyago Bernabeu”dagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 01:00da start oladi va allaqachon mehmonlarning asosiy tarkibi e’lon qilindi.
Muxlislarimiz uchun eng quvonarli yangilik — O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bugungi katta o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydi. Bu nafaqat Husanovning “Siti”dagi ishonchi oshib borayotganini, balki eng yuqori bosqichlarda ham unga tayanish mumkinligini ko‘rsatadi. “Real”dek raqibga qarshi Bernabeuda asosiyda tushish — har qanday himoyachi uchun katta imtihon va katta imkoniyat.
“Manchester Siti”ning asosiy tarkibi quyidagicha:
- Donnarumma, Diash, Gehi, Husanov, O’Rayli, Rodri, Silva, Savinio, Semenyo, Dok-u, Holand.

Qisqasi, bu kecha nafaqat “Siti” va “Real” uchun, balki biz uchun ham alohida. Chunki Abduqodir Husanov Chempionlar ligasining eng katta sahnasida o‘zini ko‘rsatish uchun maydonga chiqyapti. Endi gap maydonda: Bernabeuda xato kechirilmaydi, lekin katta futbol aynan shunday kechalarda tug‘iladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!