Husanov 90 daqiqa faol o‘ynadi, lekin Sofascore nega past baho berdi?

«Real» — «Manchester Siti» (3:0) o‘yinidan keyin Sofascore futbolchilar harakatini baholab chiqdi. Ushbu reytingda O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 5.9 ball oldi. Bu “Siti” safida eng past baholar qatoriga kiradi (eng pasti — Niko O’Rayli 5.6).
Nima uchun baho past chiqdi?
Sofascore’da himoyachiga baho qo‘yish ko‘p holatda ikki narsaga qattiq bog‘liq bo‘ladi:
- Jamoa natijasi.
- O‘sha zonadagi xavfli epizodlar soni.
“Siti” 0:3 hisobida yutqazgani uchun himoya chizig‘idagi futbolchilar avtomatik ravishda minus fonga tushadi. Ayniqsa «Real»ning gollari birinchi bo‘limdayoq ketma-ket urilgani reytingga qattiq ta’sir qiladi.
Husanov qaysi bosimga tushdi?
Bu bahsda asosiy xavf Vinisius tomonidan keldi. “Real” qanotdan tezlik bilan o‘tib ketib, himoyachilarni “birga bir” holatga solib qo‘yaverdi. Shunday o‘yinlarda himoyachiga “juda yaxshi” baho olish qiyin: sen hujum yaratmaysan, sen faqat yong‘inni o‘chirib yurasan.
Lekin 90 daqiqa o‘ynagani nima degani?
Eng muhim fakt: Husanov to‘liq o‘ynadi. Bu shunchaki raqam emas — Pep Gvardiola bunday o‘yinda himoyachini erta almashtirsa, demak ishonch yo‘q degani bo‘lardi. Almashtirmagani — ishonch borligi, jamoa rejasida Husanov “qaror” sifatida turganini anglatadi.
Sofascore kimlarni yuqori baholadi?
“Siti”da eng yuqori ball:
- Dok-u — 7.2
- Rodri — 7.2
Ya’ni hujumda va markazda kurashganlar “ball yig‘di”, himoya esa hisob sabab pastga tushdi.
Xulosa
5.9 — bu “yomon futbolchi” degani emas, bu “jamoa og‘ir yutqazdi, himoya ko‘p bosimda qoldi” degan Sofascore mexanikasi. Husanov uchun esa eng muhim narsa — Chempionlar ligasida Bernabeuda 90 daqiqa. Bu tajriba keyingi o‘yinlarda uni yana ham kuchli qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!