O‘zbekiston veloturchilari Turkiyadagi musobaqada favoritlik qilishmoqda

Kuni kecha Turkiyada velosport bo‘yicha “Tour of Antalya” ko‘pkunlik musobaqasi rasman start oldi. Mazkur turnirda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ilk bosqichdanoq yuqori natijalar ko‘rsatib, sovrindorlar qatoriga kirishdi.
Bellashuv 145,1 km masofada tashkil qilindi va shu bosqichda hamyurtimiz Sergey Rostovsev marra chizig‘idan ikkinchi o‘rinda o‘tdi. Shuningdek, musobaqada terma jamoamizdan Murodjon Xolmurodov, Farruh Bobosherov, Nikita Svetkov, Dmitriy Bocharov va Diyor Tohirov ham o‘z mahoratini namoyish qilmoqda.
Turnir rejasiga ko‘ra bellashuv 15 martga qadar davom etadi. Musobaqa yakunlari esa terma jamoamizning barqaror va qat’iyatli harakati orqali yanada yorqin natijalar keltirishi kutilmoqda. MOQ rasmiy ma’lumoti shu haqda xabar bermoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!