"Real Madrid" «Elche»ga qarshi bahs uchun tarkibni e’lon qildi

"Real Madrid" "Elche"ga qarshi bo‘lajak La Liga uchrashuvi uchun rasmiy tarkibni e’lon qildi. Bosh murabbiy Alvaro Arbeloa kuchli tarkibni tanladi, unga Kurtua, Lunin, Mestre — Karvaxal, Trent, Fran Garciya, Rudiger, Heysen, Aguado — Kamavinga, Valverde, Chuameni, Guler, Anxel, Palasios, Pitarch — Vinicius, Gonsalo Garciya, Brahim Dias, Yanes kabi o‘yinchilar kiritilgan. Jamoa "Santyago Bernabeu" stadionida muhim g‘alabani qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.
Ta’kidlash joizki, fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe tiklanish jarayonini davom ettirayotgani sababli bugungi o‘yinda ishtirok etmaydi. Tibbiyot xodimlari uning "Manchester Siti"ga qarshi kutilayotgan bahsgacha maydonga qaytishiga umid bildirishmoqda.
"Real Madrid" va "Elche" o‘rtasidagi o‘yin 2026 yil 14 martga belgilangan. "Santyago Bernabeu" stadionidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!