Odil Ahmedov: «Barselona» yoki «Real»da o‘ynashga hali tayyor emasman

Odil Ahmedov: «Barselona» yoki «Real»da o‘ynashga hali tayyor emasman
Odil Ahmedov: «Barselona» yoki «Real»da o‘ynashga hali tayyor emasman

Rossiyaning "Krasnodar" klubida to‘p surayotgan hamyurtimiz Odil Ahmedov "Sport Ekspress" nashriga bergan intervyusida "Barselona" yoki "Real"ga o‘tishi yuzasidan fikrlarini bildirib o‘tdi, deb yozadi Uff.uz.

"Mavsumdagi eng yaxshi o‘yinim? "Spartak" ustidan g‘alaba qozongan uchrashuvimiz. O‘shanda men gol urgan edim.

Ochig‘ini aytganda, ayni paytda "Real" yoki "Barselona"da o‘ynashga tayyor emasman. Ammo kuchli chempionatlarda o‘zimni sinab ko‘rish istagi bor. Umid qilamanki, bunga ulguraman.

"Arsenal"? 2011 yilda qiziqish bo‘lgan, biroq ular en bilan aloqaga chiqqanida "Anji" bilan kelishib bo‘lgan edim. Agentim bilan muzokara olib borishdi, biroq kelisha olishmadi. Endi esa ular meni kuzatmay qo‘yishgan", – deydi Ahmedov.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar