date

Arbeloa "Manchester Siti"ni musobaqadan chiqarib yuborgach nimalar dedi?

Arbeloa "Manchester Siti"ni musobaqadan chiqarib yuborgach nimalar dedi?

"Real Madrid" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa kechagi muhim bahsdan keyin jamoasining o‘yini va g‘alabasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, raqib o‘yinni aynan kutilganidek — yuqori bosim va faol pressing bilan boshlagan. Bu esa birinchi bo‘limda madridliklar uchun muayyan qiyinchiliklar tug‘dirgan.

“Birinchi taymda to‘p bilan harakat qilishda sabr va xotirjamlik yetishmadi. Biz shoshildik, qarorlar qabul qilishda xatolarga yo‘l qo‘ydik. Ammo penaltidan keyin o‘yin to‘liq o‘zgardi, jamoa o‘zini topdi”, — dedi Arbeloa.

Uning fikricha, ikkinchi bo‘limda jamoa tempni biroz pasaytirgan bo‘lsa-da, bu rejalashtirilgan holat bo‘lgan. Murabbiy tanaffus paytida aynan shu jihatga e’tibor qaratganini ham alohida qayd etdi.

“Ikkinchi bo‘limda sur’at pasaygandek ko‘rindi, lekin bu nazoratli o‘yin edi. Bizda ikkinchi golni tezroq kiritish uchun imkoniyatlar ham bo‘ldi. Eng muhimi — jamoa natija uchun kurashishni va uni saqlab qolishni o‘rganyapti”, — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

Arbeloa jamoa g‘alabasidan mamnun ekanini yashirmadi va bu natija futbolchilarning mehnati hamda taktik intizomining samarasi ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, u raqib jamoa bosh murabbiyi — Pep Gvardiola bilan o‘zaro hurmatga asoslangan muloqot bo‘lganini ham aytib o‘tdi.

“Gvardiola meni tabrikladi. Men esa unga yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan final oldidan omad tiladim”, — dedi Arbeloa.

Ushbu g‘alaba «Real» uchun nafaqat turnir nuqtayi nazaridan, balki ruhiy jihatdan ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, jamoaning katta o‘yinlarda qanday harakat qilishni yanada yaxshi o‘zlashtirayotganini ko‘rsatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa "Manchester Siti"ni musobaqadan chiqarib yuborgach nimalar dedi?