Ederson yozda “Atalanta”dan “Atletiko”ga ko‘chishi mumkin

Yarimhimoyachi Edersonning yozgi transferi haqidagi xabarlar tobora qiziqarli tus olmoqda. Ispaniyaning «Atletiko Madrid» klubi braziliyalik 26 yoshli futbolchini qishki transferda ham xarid qilishni ko‘zlagan edi, ammo faqat nigeriyalik hujumchi Ademola Lukman bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Insayder Fabritsio Romano maʼlum qilishicha, “Atletiko” va Ederson yozdagi transfer hamda shaxsiy shartnoma bandlari bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishgan.
Yarimhimoyachining “Atalanta” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. O‘tgan hafta Italiya va Ispaniya klublari futbolchining transfer qiymatini muhokama qilishgan va ikki tomon o‘rtasida munosabatlar yaxshi darajada saqlangan.
Transfer qiymati taxminan 35–40 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin. “Atletiko” ushbu kelishuvni 2026 yilgi Jahon chempionatigacha yakunlashni rejalashtirmoqda.
Joriy mavsumda Ederson A Seriyada 23 ta o‘yinda 1 ta gol urgan va 1 marta sariq kartochka olgan, bu esa uning maydondagi samaradorligini ko‘rsatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!